Sayt test rejimida ishlamoqda

№1372 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida”gi 1371-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida

  O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1372                                                  2024-yil  28-avgust

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 26-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida”gi 1371-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 10, 14 va 16-moddalariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik vakolatxona huzurida saylov uchastkasini tuzish haqidagi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risida”gi 1371-son qarorida:

 

a) 1-banddagi “56” raqami “57” raqami bilan almashtirilsin;

 

b) ilova quyidagi mazmundagi 40-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

 

"

40.

Qatar

57

O‘zbekiston Respublikasining Doha shahridagi Elchixonasi

 

".

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev