Sayt test rejimida ishlamoqda

№1341 Sh.E. Buranovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1341                                                   2024-yil  1-iyul

 

Sh.E. Buranovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1.65 - Ziyovuddin saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Sherbek Erkinovich Buranov xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 2024-yil 27-iyundagi VI-92-70-7-98-K/24-sonli qaroriga asosan Narpay tumani hokimi lavozimiga tayinlanganligi va shu munosabat bilan bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati 2024-yil 25-iyundan e’tiboran muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Sherbek Erkinovich Buranov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                  Z.Nizamxodjayev