Sayt test rejimida ishlamoqda

№1229 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yillik ish rejasining 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1229                                         2023-yil 7-aprel

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yillik ish rejasining 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yillik ish rejasining 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida Komissiya raisi o‘rinbosari B.Kuchkarovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 18-yanvardagi 1201-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan Tadbirlar rejasining 5, 12, 30 – bandlari ijro muddati 1-iyunga qadar uzaytirilsin.

 

3. Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari va Kotibiyat xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan Tadbirlar rejasining barcha bandlari belgilangan muddatlarda, to‘liq va sifatli bajarilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratsin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z.Nizamxodjayev