Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1193 Gʻ.Gʻ.MIRZAYEVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI RO‘YXATIDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1193                                                    2022-yil  5-dekabr

 


Gʻ.Gʻ.Mirzayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Gʻofurjon Gʻaniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-noyabrdagi PF-254-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlanganligi hamda shu sababli bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin. Shu munosabat bilan Gʻofurjon Gʻaniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

2. Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga yuborilsin.

 

3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                  Z.Nizamxodjayev