Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1126 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD SH.M. MIRZIYOYEVNING ISHONCHLI VAKILLARINI RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1126                                                      2021-yil 15-sentabr

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.M. Mirziyoyevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning quyidagi ishonchli vakillari ro‘yxatga olinsin:

 

Daniyarov

Abatbay Saparbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i

Axunov

Uktamjon

Andijon viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi

Xusenov

Samoydin Kasimovich

Buxoro viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi

Uzakov

Bayrambek

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri

Poyonov

Temurbek Olimovich

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Sanakulov

Kuvandik

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

Najmiddinov

Ikromxon

Namangan viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi

Xalmuradov

Rustam Ibragimovich

Samarqand davlat universiteti rektori

Axmedjanova

Pokiza Shavkatovna

Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi” direktori

Eshmuratov

Abdulxakim Xushbokovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri

Turdiboyeva

Ra’no Eshovna

Toshkent davlat agrar universiteti prorektori

Sidikova

Enaxon Abduraximovna

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari

Vapayev

Amin

Xorazm viloyati Nuroniylar jamoatchilik kengashi targ‘ibotchisi

 

Kalanov

Rustam Abduxakimovich

 

Toshkent shahar hokimining maslahatchisi

 

2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                Z. Nizamxodjayev