Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1108 SIYOSIY PARTIYALAR TOMONIDAN TAQDIM ETILGAN IMZO VARAQALARINING TO‘G‘RI TO‘LDIRILGANLIGINI TEKSHIRUVCHI EKSPERT GURUHLARINI TUZISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1108                          2021-yil 30-avgust

 

 

Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 39-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlari ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.

 

2. Ekspert guruhlari:

 

imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini tekshiruv o‘tkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilinishini taʼminlasinlar;

 

siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1067-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga qatʼiy rioya qilsinlar.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z.Nizamxodjayev

 

 

ILOVA