Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ DEPUTATLARI MAHALLIY KENGASHLARGA SAYLOV OʻTKAZUVCHI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR SAYLOV KOMISSIYALARINING FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA

25.01.2023

2910

msk_yangiliklari_in

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 20-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi”ning 10-bandi ijrosi boʻyicha 2019-yil 27-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar boʻlgan vaqt ichida Respublikamiz boʻyicha mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tuzildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 20-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi”ning 10-bandi ijrosi boʻyicha 2019-yil 27-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar boʻlgan vaqt ichida Respublikamiz boʻyicha mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tuzildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 19-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalari oʻtkazildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlariga asosan yangi tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida Boʻzatov tumani va Navoiy viloyatidagi Gʻozgʻon shahrida yangi tuman va shahar saylov komissiyalari tashkil etildi.

 

Oʻtkazilgan sessiyalar boʻyicha Respublika hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Toshkent shahar va 12 ta viloyatlar saylov komissiyalari, 31 ta shahar, 171 ta tuman saylov komissiyalari tuzildi.

 

Ushbu saylov komissiyalari tarkibiga kiritilgan jami aʼzolari soni 2365 nafarni tashkil etib, ulardan 816 nafari yoki 34,3 foizini ayollar tashkil etdi.

 

Maʼlumoti boʻyicha 2083 nafari oliy, 279 nafari oʻrta maxsus, 5 nafari oʻrta maʼlumotlilar boʻlib, xorijiy tillar boʻyicha mutaxassislar 345 nafarni tashkil etdi.

 

Saylov jarayoni boshqarish axborot tizimi bilan samarali ish tashkil etish maqsadida ushbu saylov komissiyalari tarkibida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar kiritilgan boʻlib, ularning soni 343 nafarni tashkil etdi.

 

Saylov komissiyalari aʼzolari ichida avvalgi saylovlarda ishtirok etganlar soni 1644 nafarni yoki 69,5 foizni tashkil etdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha saylov okruglari miqdorlari belgilandi.

 

Unga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov boʻyicha 65 ta, Toshkent shahar Kengashiga saylov boʻyicha 60 ta, viloyatlar Kengashlariga saylov boʻyicha 706 ta, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha 5736 ta jami 6567 ta saylov okruglari miqdorlari belgilandi.

 

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalarining “Namunaviy qarorlari toʻplami” barcha saylov komissiyalarga yetkazildi. Mazkur tavsiyalar saylov komissiyalarining namunaviy Reglamenti, Asosiy tadbirlar dasturi, vazifalar taqsimoti, saylov okruglarini tuzish hamda Saylov kodeksida berilgan vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq bir qator masalalarga oid hujjatlar loyihalaridan iborat.

 

Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari oʻzlarining birinchi majlislarini oʻtkazib, Markaziy saylov komissiyasidan yuborilgan tavsiyalar asosida saylov komissiyalarining asosiy tadbirlar dasturlari tasdiqlandi.

 

Viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining joylashgan binosi, komissiya raisi va kotibi hamda ularning telefon raqamlarining roʻyxati “Saylov-2019” mobil ilovasiga joylashtirildi.

 

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalari qarorlari Markaziy saylov komissiyasi Kanselyariyasiga elektron varianti topshirildi.

 

Mazkur qaror loyihasida hududiy saylov komissiyalariga uslubiy yordam koʻrsatuvchi Ishchi guruhini tuzish taklif etildi. Ishchi guruh tarkibi qaror ilovasida berilgan.

 

Ishchi guruhi tomonidan hududiy saylov komissiyalarga har tomonlama uslubiy metodik yordam berib borish vazifasi yuklatilgan.

 

Bahodirjon Yunusov

Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur