Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish jarayonlarini kuzatib bormoqda

15.03.2024

1927

msk_yangiliklari_in

15-mart kuni Rossiya Federatsiyasida Prezident saylovlari uchun ovoz berish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, to‘rtta nomzoddan biriga onlayn ovoz berish imkoniyati ham yaratilgan. Saylovlar uch kun mobaynida, 17-mart kuniga qadar davom etadi.

Birinchi bo‘lib Kamchatkada ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi. Rossiyadagi saylovchilarning umumiy soni 112,3 mln. nafarni, mamlakat tashqarisida esa taxminan 1,9 mln. nafarni tashkil etadi.

89 ta hududdan 29 tasida, shu jumladan Moskva shahrida masofaviy elektron ovoz berish tizimi (MEOB) orqali masofadan turib ovoz berish imkoniyati mavjud. Saylov jarayoni davomida uchastka va hududiy saylov komissiyalarida videokuzatuvlar tashkil qilingan.

 

15-mart kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Moskva shahridagi bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayonlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil qilingan va bugun boshlangan “Saylov suvereniteti va xalqaro standartlar” mavzusidagi ikki kunlik xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqdalar.

Mazkur konferensiyada butun dunyodan saylov organlari va xalqaro tashkilot vakillari hamda saylov jarayoni sohasidagi ekspertlar so‘zga chiqadilar. Konferensiya 200 nafardan ortiq qatnashchilarni jamlagan.

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur