Sayt test rejimida ishlamoqda

Saylov jarayonidagi dezinformatsiya masalalari saylov organlarining yillik uchrashuvining diqqat markazida

27.10.2023

2082

msk_yangiliklari_in

Avval xabar qilinganidek, MSK raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi 2023-yilning 25-26-oktyabr kunlari Batumi shahrida Gruziya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan saylov organlarining 11-uchrashuvida ishtirok etdi.

 

“Saylovlarda AKT va AKT bilan bog‘liq dezinformatsiya” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni saylov jarayonidagi dezinformatsiya masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.

 

Dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.

Aholi o‘rtasida AKTga bo‘lgan ishonchni susaytirishga qaratilgan noto‘g‘ri tushunchalarni tarqatish bilan bog‘liq dezinformatsion kampaniyalar saylov jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda ishonchsizlikka olib kelinayotganligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, saylov jarayonida sun’iy intellektga asoslangan ilg‘or yechimlar va dezinformatsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qator takliflar muhokama qilindi.

Konferensiya davomida saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarining joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ularning afzalliklari va samaradorligi to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini joriy etish muhimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

Batumida o‘tkazilgan saylov organlarining yillik uchrashuvi shu nuqtada o‘z ishini yakunladi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur