Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi Bangladesh Respublikasida o‘tkazilgan parlament saylovlari kuzatuvida ishtirok etdi

07.01.2024

2204

msk_yangiliklari_in

Bangladesh saylov komissiyasi va Komissiya huzuridagi Saylov monitoringi forumi takliflariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi S. Kurbankulov va Komissiya Kotibiyatining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A. Nurmuxamedovlardan iborat MSK delegatsiyasi joriy yilning 7-yanvar kuni Bangladeshda bo‘lib o‘tgan XII umumiy milliy saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

XII umumiy milliy saylovlarda Bangladeshning bir palatali Djatiya Sangsad (parlament) a’zolari saylandi. Djatiya Sangsad – mamlakatning yagona qonun chiqaruvchi organi bo‘lib, uning 350 nafar a’zosi 5-yil muddatga to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Saylov jarayonlarini tashkil etish uchun 300 ta saylov okruglari va 42 000 dan ortiq saylov uchastkalari tuzildi. Saylovchilarning umumiy soni qariyb 120 million nafarini tashkil qildi.

Ovoz berish kuni MSK delegatsiyasi Bangladesh poytaxti bo‘lmish Dakka shahridagi bir necha saylov uchastkalarini kuzatishdi. Saylov uchastkalarida tayyorgarlik va xavfsizlikni ta’minlash ishlari yuqori saviyada tashkil qilinganligiga bevosita guvoh bo‘lishdi. Shuningdek, saylov jarayonlarida ayollar va yoshlarning faol ishtiroki qayd etildi. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur