Sayt test rejimida ishlamoqda

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI RAISI BOSHCHILIGIDAGI O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI QOZOG‘ISTONDA SAYLOVLARNI KUZATMOQDA

20.03.2023

1403

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bugun 19-mart kuni Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi Majlis hamda mahalliy kengash maslihat deputatligiga navbatdan tashqari o‘tkaziladigan saylov jarayonlari borishini kuzatish maqsadida Ostona shahrida bo‘lib turishibdi.

Bugun, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z. Nizamxodjayev Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Nurlan Abdirov uchrashuv davomida parlament hamda mahalliy kengash maslihat deputatligiga bo‘layotgan saylov yuzasidan olib borilgan tayyorgarlik ishlari, mazkur saylovlar 2022-yil mamlakatda o‘tkazilgan konstitutsion islohotlar natijasida proporsional saylov tizimi asosida o‘tkazilayotganligi hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari xususida so‘z olib bordi. 

Uchrashuv davomida saylovlarni kuzatish maqsadida bugungi kunda 12 ta xalqaro tashkilot va 41 ta davlatdan 793 nafar kuzatuvchilar tashrif buyurganligi taʼkidlab o‘tildi.

Uchrashuvda ikki qo‘shni mamlakat saylov organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida fikr almashildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur