Sayt test rejimida ishlamoqda

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI TO‘G‘RISIDA AXBOROT

08.04.2023

2717

msk_yangiliklari_in

Bugun, 7-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasining video-konferensiya shaklidagi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda, ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari, Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yillik ish rejasining birinchi chorak yakunlari bo‘yicha ijrosiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Majlisda, MSKga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 22 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalarining 15 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 383 nafarni tashkil etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, majlisda davomida referendum o‘tkazuvchi 5-Navoiy, 9-Surxondaryo, 10-Toshkent viloyati okrug komissiyalari raislarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida axborotlari tinglandi.

Majlisda kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur

  • 1123123I

    google.com

  • TO‘LISOV SHAXZOD MAXSUD O‘G‘LI

    123