Sayt test rejimida ishlamoqda

2023-yil 25-aprel kuni soat 16:00 da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi

25.04.2023

1641

msk_yangiliklari_in

2023-yil 25-aprel kuni soat 16:00 da Markaziy saylov komissiyasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.

 

Majlis kun tartibidan:

 

Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish;

 

OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish kabi masalalar oʻrin olgan.

 

Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

 

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur