2023-yil 25-aprel kuni soat 16:00 da Markaziy saylov komissiyasi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.
Majlis kun tartibidan:
Oʻzbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish;
OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish kabi masalalar oʻrin olgan.
Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati