Sayt test rejimida ishlamoqda

AYOLLARNING SIYOSIY HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA KONVENSIYA

 

(Bosh Assambleyaning 1952-yil 20-dekabrdagi 640 (VII) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan)

 

1-modda

 

Ayollar barcha saylovlarda, hech qanday kamsitishlarsiz, erkaklar bilan teng sharoitlarda ovoz berish huquqiga ega.

 

2-modda

 

Ayollar milliy qonunchilikda belgilangan tartibda, hech qanday kamsitishlarsiz, erkaklar bilan teng sharoitlarda saylanish huquqiga ega.

 

3-modda

 

Ayollar erkaklar bilan teng sharoitlarda, hech qanday kamsitishlarsiz, milliy qonunchilikda belgilangan tartibda barcha davlat va jamoat xizmati lavozimlarini egallash va ularni amalga oshirish huquqiga ega.