Sayt test rejimida ishlamoqda

saylov_komissiyalari_in

2000-yil 9-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tgan.

 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelib tushgan bayonnomalar asosida shuni aniqladiki, 9-yanvarda bo’lib o’tgan saylovda ro’yxatga olingan 12 million 746 ming 903 saylovchidan, 12 million 123 ming 199 saylovchi ishtirok etdi. Bu esa ro’yxatga olingan saylovchilarning umumiy miqdorining 95,10 foizini tashkil etadi. Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Islom Karimov uchun 11 million 147 ming 621 saylovchi yoki saylovchilarning 91,90 foizi ovoz berdi. O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasidan nomzodi ko’rsatilgan Abdulhafiz Jalolov uchun 505 ming 161 saylovchi yoki 4,71 foiz saylovchi ovoz berdi.

 

O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’aniyevich Karimovning O’zbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’aniyevich Karimovning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi  to’g’risida qaror qabul qildi.