O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1370 2024-yil 21-avgust
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2024-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 69 va 89-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etishga ijozat berilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va matbuotda e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayevv