Sayt test rejimida ishlamoqda

№1362 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1362                                                  2024-yil  10-avgust

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9, 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha yetmish beshta bir mandatli saylov okrugi ilovaga muvofiq tuzilsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha bir mandatli saylov okruglari kesimida ko‘rsatilgan saylovchilar soni 2024-yil 9-avgust holatiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                  Z. Nizamxodjayev

 

 

ILOVA