Sayt test rejimida ishlamoqda

№1356 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakilini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1356                                                  2024-yil  31-iyul

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakilini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 34-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 11-sentyabrdagi 935-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun vakolatli vakilni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin.

 

2. Yakubov Baxtiyar Sultannazirovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili etib ro‘yxatga olinsin.

 

3. Yakubov Baxtiyar Sultannazirovichga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11- sentabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilangan namunadagi mandat topshirilsin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                   Z. Nizamxodjayev