Sayt test rejimida ishlamoqda

№1348 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarorining ijrosini keyinga qoldirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1348                                                   2024-yil  4-iyul

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarorining ijrosini keyinga qoldirish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining saylovini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘shimcha tashkiliy masalalarni hal etish zarurati vujudga kelganligi sababli Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 1-iyuldagi 1342-son qarori ijrosini keyinga qoldirishda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaati ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Toshkent shahrida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida” 2024-yil 1-iyuldagi 1342-son qarori ijrosi keyinga qoldirilsin.

 

3. Mazkur qaror nusxasi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga ma’lumot uchun yuborilsin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                      Z.Nizamxodjayev