O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1322 2023-yil 27-iyul
K.Y.Ernazarovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. 73-Sayxun saylov okrugidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi Komiljon Yuldashaliyevich Ernazarov xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2023-yil 24-iyuldagi VI-91-91-9-122-K/23-sonli qaroriga asosan Oqoltin tumani hokimi lavozimiga tayinlanganligi va shu munosabat bilan bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati 2023-yil 24-iyuldan eʼtiboran muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Komiljon Yuldashaliyevich Ernazarov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev