O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1320 2023-yil 21-iyul
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev