Sayt test rejimida ishlamoqda

№1301 Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1301                          2023-yil 20-iyun

 

 

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 101-moddalari hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4 va 24-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi B. Yunusovning muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga 2023-yil 14-iyun – 19-iyun kunlari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

2. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari ilovaga muvofiq maʼqullansin.

 

3. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA