Sayt test rejimida ishlamoqda

№1277 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.X. Xamzayevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1277                          2023-yil 6-iyun

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.X. Xamzayevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xudoykulovich Xamzayevning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xudoykulovich Xamzayevning ishonchli vakillari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin:

 

2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov zimmasiga yuklansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                         Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA