Sayt test rejimida ishlamoqda

№1270 Robaxon Anvarovna Maxmudovani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1270                          2023-yil 5-iyun

 

Robaxon Anvarovna Maxmudovani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Anvarovna Maxmudovani ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 40-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Robaxon Anvarovna MAXMUDOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev