Sayt test rejimida ishlamoqda

№1258 O‘zbekiston Ekologik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1258                          2023-yil 15-may

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berishni so‘rab taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 38 va 63-moddalariga hamda Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1067-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Ekologik partiyasiga 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berilsin.

 

2. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasining ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda belgilangan miqdorda imzo varaqalarining blankalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga topshirilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev