Sayt test rejimida ishlamoqda

№1250 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakilini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1250                          2023-yil 13-may

 

 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakilini ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 34-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 11-sentyabrdagi 935-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun vakolatli vakilni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin.

 

2. Raxmonov Abdukamol Shodiyevich O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakili etib ro‘yxatga olinsin.

 

3. Raxmonov Abdukamol Shodiyevichga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi 935-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilangan namunadagi mandat topshirilsin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                            Z. Nizamxodjayev