Sayt test rejimida ishlamoqda

№1248 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1248                          2023-yil 13-may

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9, 14 va 16-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini eʼlon qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqlash to‘g‘risida” 2023-yil 10-maydagi 1247-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuzilsin:

 

1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegarasida);

 

2-Andijon saylov okrugi (Andijon viloyati chegarasida);

 

3-Buxoro saylov okrugi (Buxoro viloyati chegarasida);

 

4-Jizzax saylov okrugi (Jizzax viloyati chegarasida);

 

5-Navoiy saylov okrugi (Navoiy viloyati chegarasida);

 

6-Namangan saylov okrugi (Namangan viloyati chegarasida);

 

7-Samarqand saylov okrugi (Samarqand viloyati chegarasida);

 

8-Sirdaryo saylov okrugi (Sirdaryo viloyati chegarasida);

 

9-Surxondaryo saylov okrugi (Surxondaryo viloyati chegarasida);

 

10-Toshkent viloyat saylov okrugi (Toshkent viloyati chegarasida);

 

11-Farg‘ona saylov okrugi (Farg‘ona viloyati chegarasida);

 

12-Xorazm saylov okrugi (Xorazm viloyati chegarasida);

 

13-Qashqadaryo saylov okrugi (Qashqadaryo viloyati chegarasida);

 

14-Toshkent shahar saylov okrugi (Toshkent shahri chegarasida).

 

2. Saylov okruglari kesimida 2023-yil 12-may holatiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidagi saylovchilar soni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari joylashadigan bino manzillari ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA