O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1246 2023-yil 3-may
V.A.Muratkabilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. 64-Narpay saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining aʼzosi Vaxobjon Abduganiyevich Muratkabilov Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 19-apreldagi 117-7-0-Q/23-sonli qarori bilan Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tayinlanganligi, ushbu qaror xalq deputatlari Pastarg‘om tumani Kengashining 2023-yil 20-apreldagi VI-84-44-7-101-K/23-sonli qarori bilan tasdiqlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati 2023-yil 19-apreldan eʼtiboran muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Vaxobjon Abduganiyevich Muratkabilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev