Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1215 Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1215                                          2023-yil 23-mart

 

 

Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 29-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 18 va 27-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi:

 

Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etilishini taʼminlasin;

 

saylov yoki referendum davrida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining so‘roviga asosan boshqa vaqtda ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmatini doimiy ravishda ishlashini taʼminlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rsin.

 

3. Saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati saylov va referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari bilan birgalikda saylov yoki referendum uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmatdan foydalanish tartibi aholi o‘rtasida keng tushuntirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini taʼminlasin.

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov uchastkasini aniqlash va o‘zgartirish bo‘yicha interfaol xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 20-avgustdagi 1101-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.

 

7. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                        Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA

 

1-ilova

 

2-ilova