Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1206 B.S.Sayfullayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1206                          2023-yil 27-fevral

 

 

B.S.Sayfullayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolarini tayinlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 17-yanvardagi 5918-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinlangan Baxtiyor Sayfullayevich Sayfullayev vafot etganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Baxtiyor Sayfullayevich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                Z. Nizamxodjayev