O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1203 2023-yil 30-yanvar
N.M. Kutlimuratovani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. 120-Hazorasp saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining aʼzosi Nigora Masharipovna Kutlimuratova Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan hamda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Nigora Masharipovna Kutlimuratova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harkati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev