Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1184 Z.T.MIRZAYEVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI RO‘YXATIDAN CHIQARISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1184                                                    2022-yil  26-iyul

 


Z.T.Mirzayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Mirzayev Zoyir Toirovichning xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashidagi deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin. Shu munosabat bilan Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                              Z. Nizamxodjayev