Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1183 M.B.AZIMOVNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1183                                                    2022-yil  26-iyul

 

 

M.B.Azimovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 85-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Qashqadaryo viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha 2022-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Azimov Murotjon Berdialiyevich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.

 

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev