Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1178 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XORIJIY DAVLATLARDAGI DIPLOMATIK VA BOSHQA VAKOLATXONALARI HUZURIDA REFERENDUM UCHASTKALARI HAMDA REFERENDUM O‘TKAZUVCHI UCHASTKA KOMISSIYALARINI TASHKIL ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1178                                                    2022-yil  13-iyul

 

 

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

 


“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari hamda referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev


Qaror ilovasi (yuklab olish)