Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1141 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH YUZASIDAN AYRIM OKRUG SAYLOV KOMISSIYALARI RAISLARINING AXBOROTLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


 № 1141                                                      2021-yil 30-sentabr

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug saylov komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida

 


O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 14, 16 va 22- moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi (F.Toshev), 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi (E.Nuraliyev) va 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi (B.Abdullayev) raislarining axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga:

 

 - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;

 

- uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga aniqlik kiritish ishlarini mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borish;

 

- okrug hududi bo‘yicha imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan saylovchilar, keksalar, bemorlar va ovoz berish binosiga bora olmaydigan saylovchilar haqida ma’lumotlarni aniqlash;

 

- ko‘zi ojiz saylovchilar haqida ma’lumotlarni aniqlash va Brayl alifbosida tayyorlanadigan saylov byulletenlari yetkazilishi zarur bo‘lgan saylov uchastkalari ro‘yxatini tayyorlash;

 

- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalar kuzatuvchilariga hamda siyosiy partiyalar vakolatli vakillariga belgilangan namunadagi mandatlarni so‘rovlar kelib tushishiga qarab besh kunlik muddatidan kechiktirmay topshirilishini ta’minlash yuklansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev