Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1135 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH YUZASIDAN AYRIM OKRUG SAYLOV KOMISSIYALARI RAISLARINING AXBOROTLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

 № 1135                                                      2021-yil 23-sentabr

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug saylov komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16 moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 23-iyuldagi 1084-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan 2-Andijon okrug saylov komissiyasi (K.Komilov), 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi (N.Isokov) va 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi (S.Sattarov) raislarining axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislari:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejada belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilinishi;

 

uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga aniqlik kiritish ishlarini mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borilishi;

 

saylov uchastkalari kesimida birinchi marta ovoz beruvchi, bemor, keksa yoshdagi hamda imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan saylovchilar haqida ma’lumotlarni aniqlash bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirilishi;

 

ko‘zi ojiz saylovchilar haqida ma’lumotlarni aniqlash va saylov byulletenini to‘ldirish uchun trafaretlar yetkazilishi zarur bo‘lgan saylov uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish va bu haqda Markaziy saylov komissiyasiga axborot taqdim etilishi;

 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalardan kuzatuvchilarga hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga arizalar kelib tushishiga qarab belgilangan namunadagi mandatlarni besh kunlik muddatdan kechiktirmay topshirilishini ta’minlasin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev