Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1130 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIDA XALQARO TASHKILOTDAN QATNASHADIGAN KUZATUVCHILARNI AKKREDITASIYA QILISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1130                                                      2021-yil 17-sentabr

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14, 16 va 33-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil 13-sentabrdagi taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2021-yil 24-oktabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosidan qatnashadigan kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditasiya qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro xamkorlik bo‘limi boshlig‘i (B.Ismoilov) akkreditasiya qilingan xalqaro tashkilot kuzatuvchilariga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishini hamda ularga topshirilishini tashkil etsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X.Mamatov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Rais o‘rinbosari                                                                                   B. Kuchkarov

 

ILOVA