Sayt test rejimida ishlamoqda

№ 1119 MAKSUDA AZIZOVNA VARISOVANI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD ETIB RO‘YXATGA OLISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1119                                                     2021-yil 14-sentabr

 

 

Maksuda Azizovna Varisovani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Maksuda Azizovna VARISOVAni ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 40-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbyekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Maksuda Azizovna VARISOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                Z.Nizamxodjayev