Sayt test rejimida ishlamoqda

OKRUG VA UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARI TARKIBINI SHAKLLANTIRISHNING DEMOKRATIK USULI

25.01.2023

1766

msk_yangiliklari_in

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish mexanizmlari yoritib berilgan.

 

Saylovlarni okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatisiz tasavvur qilish qiyin.

 

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish mexanizmlari yoritib berilgan.

 

Saylov kodeksining 25-moddasida saylov komissiyasi aʼzolariga qoʻyiladigan talablardan biri sifatida uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilangan. Ushbu qoidani roʻyobga chiqarish uchun hududlardagi imkoniyatlarni oʻrganish amaliy ahamiyatga ega.

 

Xususan, uchastka saylov komissiyasi aʼzolarini shakllantirishda:

 

- saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolardan;

- tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolardan;

- nodavlat notijorat tashkilotlari (Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Yoshlar ittifoqi, Nogironlar jamiyati, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va boshqalar) vakillaridan;

- huquqiy bilim va malakaga ega shaxslar, yaʼni yuriskonsultlar, advokatlardan;

- xorijiy tillarni biladigan mutaxassislari zaxiralardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

 

Shu bilan birgalikda boʻlajak saylovlarda Saylovchilar yagona elektron roʻyxatidan foydalanilishini hisobga oladigan boʻlsak, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati kompyuter dasturlari bilan ishlash uchun har bir okrug va uchastka saylov komissiyasi tarkibida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida bilim va amaliy koʻnikmaga ega kamida ikki nafar shaxs aʼzo boʻlishi maqsadga muvofiq.

 

Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan soʻng uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21 va 22-moddalarida belgilangan tartibda fuqarolar yigʻinida yoki fuqarolar vakillarining yigʻilishida yoxud fuqarolar yigʻini kengashida muhokama etish va muhokama natijasiga koʻra Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etish toʻgʻrisidagi fuqarolar yigʻini majlisi bayoni qabul qilib, tuman, shahar saylov komissiyasiga kiritiladi.

 

Bundan tashqari, uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz tashabbusiga koʻra yoki Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining yoxud tuman, shahar saylov komissiyalarining takliflariga asosan nomzodlar zaxirasi muhokama qilib, saylovga kamida 50 kun qolganida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga koʻrib chiqish uchun taklif tavsiya etishlari mumkin.

 

Komissiya aʼzolari sonini saylov uchastkasidagi saylovchilar soniga nisbatan meʼyorlar belgilanishi yangilik.

Yaʼni:

- saylov uchastkasidagi saylovchilar soni 200 nafargacha boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni 5–7 nafar;

- saylovchilar soni 201 dan — 500 nafargacha boʻlsa, aʼzolar soni 7–9 nafar;

- saylovchilar soni 501 dan — 1000 nafargacha boʻlsa, aʼzolar soni 9–11 nafar;

- saylovchilar soni 1001 dan — 1500 nafargacha boʻlsa, aʼzolar soni 11–13 nafar;

- saylovchilar soni 1501 dan — 2000 nafargacha boʻlsa, aʼzolar soni 13–15 nafar;

- saylovchilar soni 2001 dan — 2500 nafargacha boʻlsa, aʼzolar soni 15–17 nafar;

- saylovchilar soni 2501 va undan yuqori boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni 17–19 nafar etib belgilanishi mumkin.

 

Xususan, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb topish uchun quyidagi asoslar boʻlishi kerak: Komissiya aʼzosining oʻz arizasiga yoki uni komissiya aʼzosi etib tasdiqlagan organning qaroriga koʻra yoki

- boshqa saylov komissiyasi tarkibiga saylanganda;

- siyosiy partiyaga aʼzo boʻlganda;

- viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanganda (tasdiqlanganda);

- prokuratura yoki sudga masʼul lavozimga tayinlanganda (saylanganda);

- komissiya aʼzosining yaqin qarindoshlari (farzand, ota-ona, aka-uka, opa-singil, bobo, buvi) yoki komissiya aʼzosi bevosita boʻysunuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib roʻyxatga olinganda

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib roʻyxatga olinganda komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.

 

Bahodirjon Yunusov

Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur